Qo‘llanish sohasi

Qurilmani yaratishdan maqsad – yuqori haroratda va kuchli ta’sir qiluvchi kimyoviy omillar ta’sirida zararsizlantirib bo‘lmaydigan tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish, tibbiy manipulyatsiyalar paytida patsiyentlarning asboblar orqali B gepatiti virusi (HBV), C gepatiti virusi (HCV) va inson immun tanqisligi virusi (OIV)ga chalinishining oldini olishdan iborat.

Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma tibbiy muassasalarda – davlat va xususiy statsionarlarida, poliklinikalar va turli profil va darajadagi kabinetlarda hamda kosmetologik salonlar, sartaroshxonalar kabi xizmatlar sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan berilgan Patent bilan himoyalangan hamda Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat foydali modellar reestrida 03.04.2009 yilda № FAP 00464 raqami ostida ro‘yxatga olingan.