Ishlash prinsipi

«Tibbiy asboblardagi viruslarning RNK va DNK sini inaktivlashtirish uchun qurilma»ning taxminiy ta’sir qilish prinsipi   

Qurilmaning ishlash prinsipi fotoaktivatsiya metodiga, boshqacha qilib aytganda, fotodinamik metodga asoslangan.

 

«Qurilma»da metilen ko‘k eritmasini fotoaktivatsiya qilish tamoyili qo‘llanadi, ushbu eritmaga tibbiy asboblar solinadi. Metilen ko‘kning RNK va DNKga tropligining yuqori darajasi, ya’ni uning guanin va tsitozin nuklein kislotalari juftining barcha molekulalari o‘rnini bosishi hisobidan DNK va RNK bilan mustahkam bog‘lanish qobiliyati metilen ko‘kning asosiy xususiyati hisoblanadi. Molekula tomonidan barcha guanin va tsitozin nuklein kislotalaridagi viruslarning RNK va DNKsi yo‘qotilishi ularni replikatsiya, ya’ni “izlar” va makroorganizm hujayralarida yangi RNK va DNK molekulalari sintezini olish qobiliyatidan to‘liq mahrum qiladi.

«Qurilma»da metilen ko‘k eritmasi to‘lqin uzunligi 590 nm (bu metilen ko‘k yutish spektrining to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladi) bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik oqimi bilan nurlantiriladi. Buning uchun maxsus nur chiqaruvchi manba ishlab chiqilgan. Metilen ko‘kning fotoaktivatsiyasi metilen ko‘k yutish to‘lqini uzunligining va monoxromatik yorug‘lik oqimi uzunligining muvofiqlik effekti hisoblanadi.  Fotoaktivatsiya chog‘ida kvant energiyasining metilen ko‘k molekulalari tomonidan yutilishi va ularning atomlarida elektronlar qo‘zg‘alishi yuz beradi. Natijada molekulalarning o‘zi xuddi shu to‘lqin uzunligidagi tarqoq yorug‘lik manbalariga aylanadi (klassik tarqalish). Fotoaktivlashtirilgan metilen ko‘k molekulalari taratadigan yorug‘lik kvantlarining ta’siri ostida “qurilma”ning monoxromatik nurlatgichiga nisbatan “soya”da bo‘lgan molekulalar fotoaktivatsiyasi yuz beradi. Shunday qilib “qurilma”da barcha metilen ko‘k molekulalari, ya’ni nurlatgichning yorug‘lik nurlari yo‘lida turganlari ham, unga nisbatan “soya”da turganlari ham fotoaktivlashtirishga duchor qilinadi.

Metilek ko‘k fotoaktivatsiyasida metilen ko‘k eritmada ko‘p miqdorda atomar kislorod (O) yoki kislorodli radikallar hosil bo‘lishiga ko‘mkaklashadi. Bu uning ikkinchi muhim samarasi hisoblanadi. Kislorodli radikallar mavjud bo‘lganida molekulalar reduktsiyasi bilan birga kechadigan jarayonlar, xususan nuklein kislotalarining RNK va DNK molekulalaridan ajralish jarayoni keskin kuchayadi. Bu molekulalar o‘rnida metilen ko‘k molekulasi mustahkam o‘rnashib oladi, bu viruslar RNK va DNKsini inaktivlashtirish asosi hisoblanadi.  Kislorodli radikallar ham monoxromatik nurlatgich sohasida, ham unga nisbatan “soya”da molekulalarga faol ta’sir ko‘rsatadi.

“Tibbiy asboblardagi viruslar RNK va DNKsini inaktivlashtirish uchun qurilma”ning ushbu ishlash prinsipi atrof-muhit haroratida amalga oshadi, bu tibbiy asboblarni yuqori haroratlar (avtoklavlash)  ta’sirida yoki kuchli ta’sirga ega dezinfeksiyalash eritmalarida sterillash zaruratidan xalos etadi.

«Tibbiy asboblardagi viruslar RNK va DNKsini inaktivlashtirish uchun qurilma» statsionarlar, poliklinikalar va tibbiy kabinetlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan, u katta talabga ega bo‘ladi.