Sterillash jarayonining afzalliklari

«NEW MEDICAL TECHNOLOGIES» MCHJda yaratilgan “Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma”ning afzalliklari

  1. Qurilmada tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish jarayoni xona haroratida amalga oshiriladi.
  2. Qurilmada qo‘llanadigan fotoaktivlashtiriladigan suyuqlik xodimlar uchun mutlaqo xavfsiz, tibbiy asboblar tayyorlangan materialga shikastlovchi ta’sir ko‘rsatmaydi.
  3. Qurilmada viruslarni inaktivlashtirish jarayonida tibbiy asboblarning qimmatli xususiyatlari (qattiqligi, tarangligi, tiniqligi) yo‘qolmaydi va to‘laqonli funktsionalligi saqlanib qoladi.
  1. Qurilmani ishlatish oson va samarali.
  2. Qurilmada tibbiy asboblar yuzasidagi viruslarni inaktivlashtirish ishonchli tarzda amalga oshadi.

Turli sterillash usullarining afzalliklari va kamchiliklari.

Usul Afzalliklari Kamchiliklari
Bug‘da sterillash Statsionarlarda keng tarqalgan sterillash usuli.

Atrof-muhit va tibbiy xodimlar uchun xavfsiz.

Qisqa ekspozitsiya.

Toksik emas. Qiymati past.

Aeratsiyani talab qilmaydi.

Sterillash sifati havo tushganida, material namligi past bo‘lganida va bug‘ning sifati yomon bo‘lganida buzilishi mumkin.

Yuqori haroratga va namlikka ta’sirchan buyumlar shikastlanishi mumkin.

Havoda sterillash Past korroziya xususiyatlari.

Materialga chuqur kirish.

Atrof-muhit uchun xavfsiz.

Aeratsiyani talab qilmaydi.

Uzoq davom etadigan ekspozitsiya.

Harorat rejimlari va sterillash vaqti turli mamlakatlarda farq qiladi.

Termolabil buyumlar shikastlanishi mumkin.

Etilen oksidi yordamida 100% sterillash O‘raladigan va plastik paketlarga kira oladi. Tibbiy asboblarning ko‘pchiligini sterillash uchun foydalanishda urf bo‘lgan. U bilan ishlash va nazorat qilish oson. Aeratsiya uchun talab qilinadi. Sterillash kamerasining kichik o‘lchami.

Etilen oksidi toksik bo‘lib, yaqqol ifodalangan kantserogen hisoblanadi, yengil alangalanadi.

Etilen oksidi solingan o‘ramni yong‘in xavfi mavjud bo‘lmagan xonada saqlash zarur.

Vodorod peroksidining bug‘lari yordamida sterillash Past haroratli rejim.

Aeratsiyani talab qilmaydi.

Atrof-muhit va tibbiy xodimlar uchun xavfsiz.

Yakuniy mahsulotlar toksik emas.

U bilan ishlash va nazorat qilish oson.

 

Qozog‘ buyumlar, choyshablar va eritmalarni sterillash mumkin emas. Sterillash kamerasining o‘lchami kichkina.

 

Uzun va tor ichki kanallarga ega buyumlarni sterillab bo‘lmaydi.

Sintetik o‘rami buziladi.

Formaldegid bug‘lari yordamida sterillash Yong‘in va portlash xavfi yo‘q.

Tibbiy asboblarning ko‘pchiligini sterillash uchun qo‘llash mumkin.

Yuzalarni formaldegiddan yuvish zarurati.

Toksik va allergen xususiyatlarga ega.

Uzoq davom etadigan ekspozitsiya.

Sterillashdan keyin formaldegidni yo‘q qilish bo‘yicha uzoq davom etadigan protsedura.

 

Qurilma tashkilot standartiga ega bo‘lib, O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, respublikaning yetakchi mutaxassislari tomonidan qo‘llanishga tavsiya etilgan.

“Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma”ni sog‘liqni saqlash sohasiga joriy etish tibbiy manipulyatsiyalar chog‘ida  odamlarning HBV, HCV va  HIV viruslariga chalinish holatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.