Savollarga javoblar

  1. Savol:Viruslarni inaktivlashtirish qurilmasida eritma va asboblarning qizishi yuz beradimi?

Javob: qurilmada inaktivlashtirish ishlarini bajarganda eritma qizib ketmaydi. Inaktivlashtirish ishlari xona haroratida amalga oshiriladi.

  1. Savol:Qurilmada viruslarni inaktivlashtirish paytida fotoaktivlashtirilgan metilen ko‘k tibbiy asboblarga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi? Tibbiy asboblar tiniqlik, qattiqlik, taranglik kabi  o‘z xususiyatlarini yo‘qotadimi?

Javob: Fotoaktivlashtirilgan metilen ko‘k organik moddalar, xususan RNK yoki DNK bilan reaktsiyaga kirishish xususiyatiga ega. Noorganik moddalar – metall, shisha, plastik, turli qotishmalar va boshqalarga metilen ko‘k hatto aktivlashtirilgan holatda ham hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, bu bizning tadqiqotlarimizda isbotlangan.

  1. Savol:Qurilmada viruslarni inaktivlashtirish sterillashdan nimasi bilan farq qiladi?

Javob:  Qurilmada inaktivlashtirish amalga oshirilganida metilen ko‘kning fotoaktivlashtirilgan molekulalari guanin va tsitozin nuklein kislotalari juftligi bilan faol mustahkam aloqaga kirishadi va ularni viruslar RNK va DNKsidagi zanjirda blokirovka qiladi. Bunday inaktivlashtirilgan RNK va DNKga ega viruslar odam qoniga tushganida ham hujayralarni shikastlashga va hujayralar ichida ko‘payishga qodir emas. Sterillash esa barcha patogen agentlar – mikroorganizmlar, viruslar, zamburug‘larni yo‘q qilishni bildiradi.

  1. SavolQurilmada inaktivlashtirish sterillashning o‘rnini bosadimi?

Javob: Ha, bosishi mumkin. Viruslarni “Tibbiy asboblardig viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma”da inaktivlashtirish qator afzalliklarga ega: tarkibida DNK va RNK bo‘lgan barcha turdagi viruslarning ishonchli zararsizlantirilishi; inaktivlashtirishning past haroratli rejimi; har qanday materialdan tayyorlangan tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish imkoniyati; xoimlar va atrof-muhit uchun mutlaqo xavfsizlik; toksik va allergen emas; tibbiy asboblar o‘z xususiyalarini (qattiqlik, taranglik, tiniqlik va h.k.) yo‘qotmaydi. O’tkazilgan tadqiqotlar qurilmaning samarali ta’sirini, ya’ni yashash qobiliyatini yo‘qotadigan zamburug‘lar, sporalar, bakteriyalar kabi zarari mikroorganizmlarni inaktivlashtirilishini isbotladi.