Maqsadi

TIBBIY ASBOBLARDA VIRUSLARNI INAKTIVLASHTIRISH UCHUN QURILMA

Yuqori harorat ostida va kuchli qimyoviy omillar ta’sirida zararsizlantirish mumkin bo‘lmagan tibbiy asboblarda viruslarni inaktivlashtirish, patsiyentlarning tibbiy manipulyatsiyalar paytida asboblar orqali B (HBV) gepatiti virusi, C (HCV) gepatiti virusi va odam immun tanqisligi virusi (OIV)ni yuqtirishining oldini olish ushbu Qurilmani yaratishning maqsadi hisoblanadi.

 

Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun Qurilma (quyida – Qurilma) tibbiy muassasalarda – davlat va xususiy stantsionarlarda, poliklinikalar va turli profilli va darajadagi kabinetlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Ushbu Qurilma O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan berilgan, Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi foydali modellar davlat reestrida 03.04.2009 yilda № FAP 00464 raqami ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Patent bilan himoyalangan.

 

KIRISH

Ma’lumki, dunyoda surunkali infeksiya jarayoni shakllanishining yuqori foiziga ega bo‘lgan va insoniyat yashashiga tahdid solayotgan virusli kasalliklarning jadal tarqalish tendentsiyasi oshib bormoqda. Turli tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tkir B virusli gepatiti (BVG) yakunida surunkali infektsion jarayonning tez-tez shakllanishi 40-60% ga yetadi, C virusli gepatiti (CVG)da bu 80% ga, OIV-infeksiyasida (HIV) esa 100% ga yetadi. HBV, HCV va HIVga chalingan shaxslar infeksiya va sog‘lom odamlarni zararlash manbalari hisoblanadi. Bu infeksiyalar bemorlarning nogironga aylanishiga, kasallik yakunida jigar sirrozi, gepatotsellyulyar karsinoma, Kaposhi sarkomasi, limfogranulomatoza, chuqur ikkilamchi immun tanqisligi rivojlanishiga olib keladi, bunday holatlarning yuqori foizi o‘lim bilan yakunlanadi.

OIV-infeksiyasi, surunkali B virusli gepatiti (SBVG), surunkali C virusli gepatiti (SCVG)ni davolash muammosi bugungi kunda qoniqarli yechimga ega emas. Ko‘pgina infeksiyalardan farqli o‘laroq, faqat zararlangan odamgina B virusli gepatiti (HBV), C virusli gepatiti (HCV) va odam immun tanqisligi virusi (HIV)ning manbai hisoblanadi va bu holda infeksiya manbaiga qarshi kurashish to‘liq istisno qilinadi. Viruslarni yuqtirish parenteral yo‘l bilan, ko‘p hollarda tibbiy manipulyatsiyalar paytida yuz beradi. HBV-, HCV-  va  HIV-infeksiyalari tarqalishiga qarshi kurashishning yagona yo‘li – bu ularning yuqish mexanizmlari va yo‘llarini “kesishdir”.

Patsiyentlarning tibbiy muassasalarda HBV va HCV bilan, ba’zida esa HIV bilan zararlanishi jiddiy muammoga aylanmoqda, infeksiyaga chalinganlar umumiy sonining 3-11% aynan ularning ulushiga to‘g‘ri kelyapti.

Teri qoplamalari va shilliq qavatlar yaxlitligining buzilishi bilan bog‘liq tibbiy va notibbiy manipulyatsiyalar HBV,  HCV va HIV infeksiyalarini yuqtirishning yuqori darajadagi xavfini tug‘diradi. Bu takror qo‘llanadigan asboblar tegishli tarzda zararsizlantirilmaganida yuz beradi. Zararlanish umumiy asboblarda qolgan infeksiyali qondagi virus zarralarining qoldiqlari orqali ham yuz berishi mumkin.

 

Odamlarning ayniqsa HBV va HCV viruslarini yuqtirishi bo‘yicha jiddiy yuqori foizi (infeksiyaga chalinganlar umumiy sonining 3-11%) viruslar bilan zararlangan tibbiy asboblar (jarrohlik, stomatologik, oftalmologik, laringologik, ginekologik va boshqa asboblar) takror qo‘llanganida qayd etiladi.

Tibbiy asboblarni yuqori harorat ostida sterillash ularni zararsizlantirishning ishonchli usuli hisoblanadi. Biroq, asboblarning sezilarli qismini yuqori harorat ostida sterillash mumkin emas. Bunday asboblar yuqori haroratda o‘zining qattiqlik, taranglik, tiniqlik kabi asosiy xususiyatlarini yo‘qotadi.

Mexanik usullar yordamida tibbiy asboblar yuzasidagi virusli zarralarni to‘liq yo‘q qilib bo‘lmaydi. Buning natijasida asboblarda replikatsiyaga (organizmda ko‘payishga) va odamlarni zararlashga qodir bo‘lgan virusli zarralar saqlanib qoladi. Odam zararlanishi va unda kasallik rivojlanishi uchun qonga HBV yoki HCV virusining hatto bir dona zarrasi tushishi ham kifoya. Bu patsiyentlarning tibbiy manipulyatsiyalar paytida virusli infeksiyalarni yuqtirish xavfini juda oshiradi. Har bir patsiyent uchun alohida bir martalik tibbiy asboblarni ommaviy tarzda qo‘llash bu muammoni hal etishi mumkin, biroq buning uchun qator iqtisodiy va moliyaviy muammolarni hal etish zarur.

Turli sterillash usullarining afzalliklari va kamchiliklari.

Usul Afzalliklari Kamchiliklari
Bug‘da sterillash Statsionarlarda keng tarqalgan sterillash usuli.

Atrof-muhit va tibbiy xodimlar uchun xavfsiz.

Qisqa ekspozitsiya.

Toksik emas. Qiymati past.

Aeratsiyani talab qilmaydi.

Sterillash sifati havo tushganida, material namligi past bo‘lganida va bug‘ning sifati yomon bo‘lganida buzilishi mumkin.

Yuqori haroratga va namlikka ta’sirchan buyumlar shikastlanishi mumkin.

Havoda sterillash Past korroziya xususiyatlari.

Materialga chuqur kirish.

Atrof-muhit uchun xavfsiz.

Aeratsiyani talab qilmaydi.

Uzoq davom etadigan ekspozitsiya.

Harorat rejimlari va sterillash vaqti turli mamlakatlarda farq qiladi.

Termolabil buyumlar shikastlanishi mumkin.

Etilen oksidi yordamida 100% sterillash O‘raladigan va plastik paketlarga kira oladi. Tibbiy asboblarning ko‘pchiligini sterillash uchun foydalanishda urf bo‘lgan. U bilan ishlash va nazorat qilish oson. Aeratsiya uchun talab qilinadi. Sterillash kamerasining kichik o‘lchami.

Etilen oksidi toksik bo‘lib, yaqqol ifodalangan kantserogen hisoblanadi, yengil alangalanadi.

Etilen oksidi solingan o‘ramni yong‘in xavfi mavjud bo‘lmagan xonada saqlash zarur.

Vodorod peroksidining bug‘lari yordamida sterillash Past haroratli rejim.

Aeratsiyani talab qilmaydi.

Atrof-muhit va tibbiy xodimlar uchun xavfsiz.

Yakuniy mahsulotlar toksik emas.

U bilan ishlash va nazorat qilish oson.

 

Qozog‘ buyumlar, choyshablar va eritmalarni sterillash mumkin emas. Sterillash kamerasining o‘lchami kichkina.

 

Uzun va tor ichki kanallarga ega buyumlarni sterillab bo‘lmaydi.

Sintetik o‘rami buziladi.

Formaldegid bug‘lari yordamida sterillash Yong‘in va portlash xavfi yo‘q.

Tibbiy asboblarning ko‘pchiligini sterillash uchun qo‘llash mumkin.

Yuzalarni formaldegiddan yuvish zarurati.

Toksik va allergen xususiyatlarga ega.

Uzoq davom etadigan ekspozitsiya.

Sterillashdan keyin formaldegidni yo‘q qilish bo‘yicha uzoq davom etadigan protsedura.

 

Buni hisobga olgan holda, «NEW MEDICAL TECHNOLOGIES» MCHJning mutaxassislar guruhi tibbiy asboblardagi virusli zarralarni nisbatan past haroratlarda va kuchli ta’sir qiluvchi dezinfeksiyalovchi eritmalar (kislotalar)ni qo‘llamasdan turib, ishonchli inaktivlashtirish (patogen xususiyatlar va replikatsiya qobiliyatidan mahrum qilish) usulini ishlab chiqishni va ushbu tamoyil bo‘yicha ishlaydigan qurilmani yaratishni boshladi.

Viruslarni “Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma”da inaktivlashtirish qator afzalliklarga ega: tarkibida DNK va RNK bo‘lgan viruslarning barcha turlarini ishonchli tarzda zararsizlantirish; inaktivlashtirishning past haroratli rejimi; istalgan materialdan tayyorlangan tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qo‘llash mumkin; xodimlar va atrof-muhit uchun mutlaqo xavfsiz;  toksik va allergen emas; tibbiy asboblar o‘z xususiyatlarini (qattiqlik, taranglik, tiniqlik va h.k.) yo‘qotmaydi.

 

  1. Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilmani yaratishda qo‘llangan tamoyil.

Qurilmani yaratishda qo‘llangan tamoyil suyuqlik fotoaktivatsiyasiga (fotodinamik usul) asoslangan yangi muzlatilgan qon plazmasidagi viruslarni inaktivlashtirish uchun jahon amaliyotida sinovdan o‘tkazilgan. «NEW MEDICAL TECHNOLOGIES» MChJ tomonidan yaratilgan “Tibbiy asboblarda viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma” foydali model hisoblanadi va uning bevosita analoglari mavjud emas.

Qurilmada tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish ishlari xona haroratida fotoaktivlashtiriladigan suyuqlikda – metilen ko‘k eritmasida (Methylene Blue) amalga oshiriladi.

Metilen ko‘k eritmasi to‘lqin uzunligi metilen ko‘kning yutish spektri to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladigan monoxromatik yorug‘lik oqimi ta’siriga duchor qilinadi. Qurilmada monoxromatik yorug‘lik oqimi monoxromatik nurlatgich yordamida hosil qilinadi. Monoxromatik yorug‘lik oqimi ta’siri ostida metilen ko‘k molekulalarining fotoaktivatsiyasi yuz beradi. Metilen ko‘kning fotoaktivlashtirilgan molekulalari guanin va tsitozin, ya’ni nuklein kislotalari juftligi bilan mustahkam aloqaga kirishadi va ularni viruslar RNK yoki DNKsi zanjirida blokirovka qiladi. Bunday inaktivlashgan RNK va DNKga ega viruslar hatto odam qoniga tushganida ham hujayralarni zararlashga va hujayralar ichida ko‘payishga qodir bo‘lmaydi. Ya’ni ular virulent va patogen xususiyatlarini (yuqish va kasallikni keltirib chiqarish xususiyatlarini) to‘liq yo‘qotadi.

Bundan tashqari, metilen ko‘kning fotoaktivlashtirilgan molekulalari viruslar RNK va DNKsidagi nuklein kislotalarining denaturatsiya jarayonini kuchaytiruvchi atomar kislorodning faol shakllari hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi.

III. Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilmada viruslarni inaktivlashtirish samaradorligi quyidagilarda isbotlangan:

  • poliomiyelitning vaksinali shtammlari viruslarini inaktivlashtirish (sitopatogen xususiyatlarni yo‘q qilish) bilan (O‘zR SSV Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi);
  • S.typhi bakteriofaglarini inaktivlashtirish (S.typhi’ning fagirlash qobiliyatini yo‘q qilish) bilan (O‘zR SSV Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi);
  • gripp viruslarini inaktivlashtirish (sitopatogen xususiyatlarni yo‘q qilish) bilan (O‘zR SSV Virusologiya ITI huzuridagi Milliy gripp markazi);
  • Qrim-Kongo gemorragik isitmasi viruslarini inaktivlashtirish (sitopatogenlikni yo‘q qilish) bilan (O‘zR SSV Virusologiya ITIning o‘ta xavfli virusli infeksiyalar laboratoriyasi);
  • Odam immun tanqisligi virusini (OIV) inaktivlashtirish (limfotroplikni yo‘q qilish) bilan (O‘zR SSV Virusologiya ITIning referens-laboratoriyasi);
  • C gepatiti virusini inaktivlashtirish (limfotroplikni yo‘q qilish) bilan (O‘zR SSV Virusologiya ITIning referens-laboratoriyasi);
  • B gepatiti virusini inaktivlashtirish (limfotroplikni yo‘q qilish) bilan (O‘zR SSV Virusologiya ITIning referens-laboratoriyasi).
  1. «Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma»dan foydalanish

Tibbiy asboblar patsiyentlarda qo‘llanganidan keyin dastlabki mexanik tozalanadi va yuvish vositalari bilan suvda yuviladi. Shundan so‘ng asboblar yaxshilab vodoprovod suvida chayiladi, keyin metilen ko‘k eritmasi solingan qurilma kyuvetasiga solinadi. Asboblar kyuveta tubiga joylashtiriladi, ular metilen ko‘k eritmasi bilan to‘liq qoplanishi kerak. Keyin asboblar solingan kyuveta qurilma kamerasiga o‘rnatiladi. Qurilma eshikchasi ziya yopiladi, taymer yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ekspozitsiya vaqtiga – 90 daqiqaga qo‘yiladi. Taymer yoqilganida kamerada kyuveta ustiga o‘rnatilgan monoxromatik yorug‘lik nurlatgichi yoqiladi. Endi metilen ko‘k fotoaktivatsiyasi va tibbiy asboblar yuzasidagi viruslar inaktivatsiyasi jarayoni ketmoqda.

Taymer o‘chirilganidan keyin qurilma shkafining eshikchasi ochiladi, asboblar solingan kyuveta chiqarib olinadi. Asboblar metilen ko‘k eritmasidan pintset yordamida olinadi va distillangan suvda yaxshilab chayiladi.

Fotoaktivlashtiriladigan suyuqlik.

Qurilma to‘plamiga tarkibida 1,0g quruq metilen ko‘k kukuni bo‘lgan paketchalar ilova qilinadi. 1 dona paketcha tarkibi 10 litr distillangan suvda eritiladi, 0,01% li metilen ko‘k eritmasi – fotoaktivlashtiriladigan suyuqlik hosil bo‘ladi.Fotoaktivlashtirilgan suyuqlik toza idishda 10 kun saqlanishi mumkin. Metilen ko‘kning 0,01%-li eritmasining portsiyasi 1 kun ichida uch marta foydalanish uchun yaroqli. Vizual tarzda shaffoflik yo‘qolganida (loyqalanishda) yoki yuzada qatlam hosil bo‘lganida metilen ko‘k eritmasi viruslarni inaktivlashtirish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Bu holda eritma yangidan tayyorlanadi.

Fotoaktivlashtiriladigan suyuqlik ko‘k rangda va shaffof bo‘lib, hidsiz va toksik emas. Metilen ko‘k eritmasi xodimlar va atrofdagilar uchun mutlaqo xavfsiz – teri va shilliq qavatlarga tushganida shikastlanishlarni keltirib chiqarmaydi. Ishlatib bo‘lingan metilen ko‘k eritmasi kanalizatsiya tarmog‘iga to‘kib tashlanadi.

Metilen ko‘k noorganik birikmalar bilan reaktsiyaga kirishmaydi, shu bois tibbiy asboblar yasalgan materialga ta’sir qilmaydi.

  1. «NEW MEDICAL TECHNOLOGIES» MCHJda yaratilgan “Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma”ning afzalliklari.
  1. Qurilmada tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish jarayoni xona haroratida amalga oshiriladi.
  2. Qurilmada qo‘llanadigan fotoaktivlashtiriladigan suyuqlik xodimlar uchun mutlaqo xavfsiz, tibbiy asboblar tayyorlangan materialga shikastlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi.
  3. Qurilmada viruslarni inaktivlashtirish jarayonida tibbiy asboblarning qimmatli xusuistyalari (qattiqlik, taranglik, tiniqlik va h.k.) yo‘qolmaydi va ularning to‘laqonli funktsionalligi saqlanib qoladi.
  4. Qurilmadan foydalanish oson va samarali.
  5. Qurilmada tibbiy asboblar yuzasidagi viruslarni inaktivlashtirish ishonchli tarzda amalga oshiriladi.

Qurilma tashkilot standartiga ega bo‘lib, O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan,  respublikaning yetakchi mutaxassislari tomonidan qo‘llashga tavsiya etilgan.

“Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma”ni amaliyotga tatbiq etish tibbiy manipulyatsiyalar paytida odamlarning HBV, HCV va  HIV viruslarini yuqtirish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.