Usulning o‘ziga xos xususiyatlari

HBV,  HCV  VA  HIV LIMFOTROP VIRUSLARINI ANIQLASH VA ULARNING YASHASH QOBILIYATINI BAHOLASH USULINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuli HBV, HCV yoki HIV viruslarining lifotrop xususiyatlaridan, ya’ni ularning sog‘lom odam limfotsitlariga kirish va persistensiyalash qobiliyatiga asoslangan.

Biologik materialda HBV, HCV yoki HIV viruslari mavjud bo‘lganida, biologik material sog‘lom odam limfotsitlari suspenziyasi bilan inkubatsiyasida viruslar limfotsitlar sitoplazmasiga kiradi. Keyin limfotsitlar sentrifuglash yo‘li bilan kichik hajmda to‘planadi va muzlatish yo‘li bilan yemiriladi.

Taqdim etilgan metod quyidagi bosqichlardan iborat: sog‘lom odam qonidan limfotsitlar suspenziyasini olish, limfotsitlarning tadqiq qilinayotgan biologik material (plazma, qon zardobi va boshq.) bilan inkubatsiyasi, sentrifuglash yo‘li bilan limfotsitlarni cho‘ktirish, limfotsitlarni fiziologik eritmada yuvish, limfotsitlarni cho‘ktirish va kichik hajmda eritish (500,0 mkl fiziologik eritmada), limfotsitlarni muzlatish yo‘li bilan yemirish, eritish. Yemirilgan limfotsitlar tarkibi IFT yoki PZR tadqiqotidan o‘tkaziladi. Limfotsitlar tarkibida IFT yoki PZR metodi bilan viruslar mavjudligini aniqlash tadqiq qilinayotgan biologik materialda viruslar mavjudligi va ularda yashash qobiliyati borligidan dalolat beradi.