Qo‘llanish doirasi

Limfotrop viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuli turli darajadagi dignostika laboratoriyalarida, donorlik qoni va uning komponentlarini tayyorlash stansiyalarida, kimyoviy va fizikaviy omillarning viruslarga qarshi samarasini nazorat qilganda qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Ushbu usul donorlik qoni va uning komponentlari HBV, HCV yoki HIV viruslari bilan zararlanganini aniqlashda  patsiyentlarga diagnoz qo‘yishda xatoliklarni istisno qiladi, bu retsipiyentlarning zararlanish holatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Ushbu usul kimyoviy yoki fizikaviy omillarning limfotrop viruslarning yashash qobiliyatiga ko‘rsatadigan samarasini obyektiv baholash imkonini beradi