Usul

HBV, HCV  va  HIV LIMFOTROP VIRUSLARINI ANIQLASH VA ULARNING YaSHASH QOBILIYATINI BAHOLASH USULINI QO‘LLASH DOIRASI.

  1. Qon quyish stansiyasi: tarkibida viruslar miqdori IFT yoki PZR usullarining sezgirlik chegarasidan past bo‘lgan biologik muhitlarda (donorlik qoni, plazma va boshqa komponentlar) B gepatiti (HBV), C gepatiti (HCV) viruslari va odam immun tanqisligi virusi (HIV)ni aniqlash aniqligini oshirish uchun.
  2. Diagnostika laboratoriyalari: donorlar yoki patsiyentlarning qonida viruslar miqdori IFT yoki PZR usullarining sezgirlik chegarasidan past bo‘lganida ularni aniqlash aniqligini oshirish va ular HBV, HCV yoki HIV bilan zararlanganligini testdan o‘tkazganda yolg‘on salbiy natijalarning oldini olish uchun.
  3. Farmatsevtika kompaniyalari: turli ob’ektlarda viruslarni inaktivlashtirish maqsadida ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan va taklif qilinadigan virusga qarshi kimyoviy va fizikaviy omillar ta’siridan keyin HBV, HCV yoki HIV viruslarining yashash qobiliyatini baholash uchun.
  4. Ushbu usul donorlik qoni va uning komponentlari HBV, HCV yoki HIV limfotrop viruslari bilan zararlanganligini tekshirganda patsiyentlarga diagnoz qo‘yishda xatoliklarni istisno qilish imkonini beradi. Bu usul kimyoviy yoki fizikaviy omillarning limfotrop viruslarning yashash qobiliyatiga (patogenlik) samarasini obyektiv baholash imkonini yaratadi.

Limfotrop viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuli analoglarga ega emas.