Biz haqimizda

New Medical Technologies markazi bazasida jiddiy ilmiy ishlanmalar olib borilmoqda, ularning maqsadi turli profildagi tibbiy muassasalarning patsiyentlari tomonidan viruslarni yuqtirish holatlarining oldini olishdan iborat. Hozirga qadar viruslardan to‘liq davolanish uchun mo‘ljallangan samarali dorilar yaratilmagan.B va C gepatitlari hamda OIV viruslarining tibbiy asboblar orqali yuqishining oldini olishga yordam beradigan eng yangi tibbiy asboblar va usullar, agar ulardan tibbiy asboblar yordamida manipulyatsiyalar amalga oshiriladigan tibbiy muassasalar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llansa, O‘zbekiston aholisi orasida viruslar yuqishi foizini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Biz sizga respublika ilm-fanining yutug‘i hisoblangan nou-xauni taqdim etamiz. Uni tibbiyot sohasidagi, odamlarni ayni paytda davolab bo‘lmaydigan viruslarni “tasodifan” yuqtirishdan himoya qilish borasidagi yutuq deyish mumkin.

Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma

B,C gepatiti viruslari hamda OIV ko‘p marta qo‘llanadigan tibbiy asboblar orqali ham yuqadi. Yuqori haroratda va kuchli ta’sir qiluvchi kimyoviy moddalar ta’siri ostida ishlov berilmaydigan qator asboblar mavjud. Mazkur qurilma kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi kislotalar va yuqori harorat ta’sirisiz xona haroratida tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun mo‘ljallangan. Uning ishlash prinsipi asboblarni 590 nanometr va 660 nanometr to‘lqin uzunligi yordamida monoxromatik nurlantirish bilan fotoaktivatsiyaga duchor qilinadigan metilen ko‘k eritmasiga solishdan iborat. Fotoaktivlashtirilgan metilen ko‘k viruslarning RNK va DNK molekulalarida ikkita nuklein kislotasini blokirovka qiladi. Buning natijasida viruslar sitopatogenlikni (hujayralarni zararlash qobiliyati) va replikativ  faollikni (ko‘payish qobiliyati) yo‘qotadi.

Qo‘llanish sohasi: qurilma turli profildagi tibbiy muassasalarda ishlatiladigan tibbiy asboblardagi (jarrohlik, stomatologik, ginekologik, otolaringologik, oftalmologik va boshqa) viruslarni inaktivlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Qurilmaning samaradorligi poliomiyelitning vaksina shtammi viruslarida, qrim-kongo gemorragik isitma viruslarida, gripp, B va C gepatitlari viruslarida hamda OIV infeksiyasi viruslarida tajriba o‘tkazish yo‘li bilan isbotlangan.

Asbob Yangi tibbiy asboblar va dori vositalari qo‘mitasida (Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi) va O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligida (“O‘zstandart” agentligi) ro‘yxatdan o‘tgan.

Limfotrop viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuli.

Limfotrop viruslarni aniqlashning ushbu usuli quyidagilar uchun mo‘ljallangan:

  • biologik muhitlarning limfotropizm xususiyatiga ega bo‘lgan B gepatiti virusi (HBV), C gepatiti virusi (HCV) yoki odam immun tanqisligi virusi (HIV) bilan zararlanganligini aniqlash darajasini oshirish uchun;
  • donorlik qoni va patsiyentlarni HBV, HCV yoki HIV ni yuqtirganlikka tekshirganda yolg‘on salbiy reaktsiyalarni istisno qilish uchun;
  • IFТ va PZR metodining sezgirlik chegarasidan past miqdordagi HBV, HCV yoki HIV viruslari zarralarini biologik materialda (donorlik qoni, plazma va qonning boshqa hosilalari) aniqlash uchun;
  • amaliy tibbiyotda viruslarni inaktivlashtirish maqsadida ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan va taklif qilinayotgan virusga qarshi kimyoviy va fizikaviy omillar ta’siridan keyin viruslarning yashash qobiliyatini baholash uchun.

Ushbu usul analoglarga ega emas.

Qo‘llanish sohasi: Limfotrop viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuli turli darajadagi diagnostika laboratoriyalarida, donorlik qoni va ularning komponentlarini tayyorlash stantsiyalarida, kimyoviy va fizikaviy omillarning viruslarga qarshi samarasini nazorat qilishda qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Ushbu usul patsiyentlarga diagnoz qo‘yishda, donorlik qoni va uning komponentlarining HBV, HCV yoki HIV viruslari bilan zararlangani yoki yo‘qligini testdan o‘tkazishdagi xatoliklarning oldini olish imkonini beradi, bu esa retsipientlarning zararlanish holatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu usul kimyoviy yoki fizikaviy omillarning limfotrop viruslarning yashash qobiliyatiga virusga qarshi samarasini ob’ektiv baholash imkonini yaratadi.

  • Arifbayev Ravshan Salijanovich – New Medical Technologies markazi MCHJ bosh direktori

Nariman Gulyamovich Gulyamov, tibbiyot fanlari doktori, professor, tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma yaratuvchisi va limfotrop viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usulining muallifi.