Qurilmani yaratishdan maqsad — yuqori haroratda va kuchli ta’sir qiluvchi kimyoviy omillar ta’sirida zararsizlantirish mumkin bo’lmagan tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish, patsientlarga tibbiy manipulyatsiyalar paytida asboblar orqali virusli infektsiyalar, xususan V gepatiti virusi (HBV), S gepatiti virusi (HCV) va odam immun tanqisligi virusi (OIV) yuqishining oldini olish. Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun qurilma tibbiy muassasalarda – davlat va xususiy statsionarlarda, poliklinikalar hamda turli profildagi va darajadagi kabinetlarda foydalanish uchun mo’ljallangan.

Kurilmaga Uzbekiston, Yevraziya, AKSh va Xitoy patent idoralari tomonidan ixtiro patenti berilgan Patent idorasi tomonidan berilgan.

Viruslarni inaktivlashtirish samaradorligi quyidagilarda sinalgan
  • Poliomielit vaktsina shtammlarining viruslarini inaktivlashtirishda (sitopatogen xususiyatlarini yo‘q qilish)
  • Qrim-Kongo gemorragik isitmasi viruslarini inaktivlashtirishda (sitopatogenlikni yo‘q qilish)
  • S.typhi bakteriofaglarini inaktivlashtirishda (S.typhi fagirlash qobiliyatini yo‘q qilish)
  • Odam immun tanqisligi virusini (OIV) inaktivlashtirishda (limfotroplikni yo‘q qilish)
  • gripp viruslarini inaktivlashtirishda (sitopatogen xususiyatlarni yo‘q qilish)
  • C va B gepatiti viruslarini inaktivlashtirishda (limfotroplikni yo‘q qilish)
Qurilma bo‘yicha ro‘yxatga olish va sertifikatlashtirish hujjatlari

 

Ushbu limfotropizmga ega viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat foydali modellar reestrida 18.06.2012 yilda № IAP 04903 raqami ostida ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Patent idorasi tomonidan Patent berilgan.

Yevropa, Yevroosiyo patent idoralarida hamda Xitoy, Koreya, Afrika, AQSh, Isroil, BAA, Hindiston patent idoralarida ixtiroga (limfotrop viruslarning yashash qobiliyatini baholash usuli bo‘yicha) patent olingan.

 

Qaynoq liniya telefoni  +998 98 300 73 92